Web sayt yaratish xizmati: Yangi savdo maydoniga kiring
Istalgan texnik bilimli kishi sizga sayt yaratib berishi mumkin. Lekin mijozlarni jalb qiladigan, daromad olib keladigan web sayt yaratish bu butunlay boshqa narsa.
Biznesingiz shunday saytga arziydi.
Agar siz
  • Eksportga ishlamoqchi bo’lsangiz!

  • Brendingizni kuchaytirmoqchi bo’lsangiz!
  • Mahsulotni internet orqali sotmoqchi bo’lsangiz!
  • Keyingi 10 yillikda bozordagi o’rningizni qat’iy belgilamoqchi bo’lsangiz!
  • Yurtimizdagi 31 million Internet foydalanuvchilariga xizmat taklif qilmoqchi bo’lsangiz!
    Unda xush kelibsiz!
Saytning mobil shakli
Google ma’lumotlariga ko’ra, 60% odamlar saytga o’z smartfonlaridan tashrif buyurishadi. Shuning uchun, saytning mobil versiyasini ishlab chiqishda biz uni mobil qurilmalar uchun moslashtiramiz, bu umumiy narxga kiradi.
Saytning mobil shakli – bu saytning ish stoli versiyasida qanday ko’rinishi, lekin zamonaviy qurilmangizda Chrome, Safari yoki Firefox kabi brauzerlar orqali ochilganda mobil qurilmalar uchun moslashtirilgan holat. Moslashish uchun matn hajmi kattalashadi, rasmlar mobil versiyaga moslanadi, veb-elementlar vertikal ravishda joylashadi.
Saytning mobil versiyasini Google Play do’konidan yuklab olinadigan mobil ilova bilan aralashtirib yubormang.
Sayt boshqaruv tizimi nima?
Biz saytni dasturlashtirib, ishlab chiqishni yakunlab, uni sizga topshirganimizdan so’ng, siz o’zingiz ma’lumotlarni tahrirlashingiz va qo’shishingiz mumkin. Bu parol bilan himoyalangan va faqat sizga tegishli bo’lgan maxsus boshqaruv paneli orqali amalga oshiriladi.
Boshqaruv markazining imkoniyatlari turlicha bo’lishi mumkin:
Standard – Boshqaruv tizimi odatiy imkoniyatlarga ega bo’ladi.
Murakkab imkoniyatlar – Sayt nostandard imkoniyatlarni talab qiladi yoki boshqa tizimlar bilan ulashni, qo’shimcha sahifalar yaratishni va hokazolarni o’z ichiga oladi.
Internet do'kon
Loyiha boshlanishidan avval tajribali marketologlar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Sayt funksionalligi doirasida xarid savati, buyurtma rasmiylashtirish sahifasi va to‘lov tizimlariga integratsiya kabi muhim imkoniyatlar joriy etiladi. Narx mijozning ehtiyojlari va talablariga asosan shakllantiriladi. Saytga joylashtiriladigan barcha mahsulotlar yoki xizmatlar buyurtmachi bilan kelishilgan holda to‘liq tarzda kiritiladi.
Sayt ochish bosqichlari
Saytingiz yaxshi chiqishi uchun uni bir necha bosqichdan o’tkazamiz. Ishning ko’p qismi avval siz bilan kelishiladi va keyin bajariladi. Shunday qilib, siz xohlagan natijaga erishamiz.
Sayt tuzilishi tayyorlanadi
Sayt tuzilishi – sayt yaratishda eng muhim bosqichlardan biri, chunki foydalanuvchi saytni ko’rishda va undan foydalanishda qiynalmasligi kerak. Google ham buni hisobga oladi.
Tuzilish va funksiyalarni rejalashtiriladi
Sayt sahifalari, menyular, funksional bloklar (xarid savati, kontakt formasi, blog, katalog va boshqalar) batafsil rejalashtiriladi.
Dasturlash ishlari bajariladi
Saytning funksional qismi ishlab chiqiladi — barcha sahifalar to‘liq ishlaydigan holga keltiriladi. Xarid savati, buyurtma shakllari, interaktiv bloklar va foydalanuvchi uchun qulay boshqaruv tizimi sozlanadi. Sayt tezligi va ishlash barqarorligi ta'minlanadi.
Ma’lumotlar saytga joylashtiriladi
Mijoz tomonidan taqdim etilgan barcha kontent — matnlar, rasmlar, mahsulotlar, xizmatlar va kontakt ma’lumotlari tartibli va estetik uslubda saytga joylashtiriladi. Har bir bo‘lim foydalanuvchi uchun qulay tarzda to‘ldiriladi hamda saytning umumiy uslubiga moslashtiriladi.
Sayt sinovdan o'tkaziladi
Sayt ishga tushirilishidan oldin har tomonlama testdan o‘tkaziladi. Barcha tugmalar, shakllar, havolalar va funksiyalar to‘g‘ri ishlashi tekshiriladi. Mobil va kompyuter versiyalari sinovdan o‘tib, yuklanish tezligi va foydalanish qulayligi baholanadi. Aniqlangan xatoliklar bartaraf etilib, sayt to‘liq ishga tayyor holatga keltiriladi.
Sayt internetga chiqariladi
Sayt to‘liq tayyor bo‘lganidan so‘ng, domen va hostingga ulab, internetga chiqariladi. Shundan so‘ng sayt barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘ladi. Shuningdek, saytni qidiruv tizimlariga indekslashtirish (Google, Yandex va boshqalar) uchun kerakli sozlamalar amalga oshiriladi. Mijozga saytni boshqarish bo‘yicha qisqa yo‘riqnoma ham taqdim etiladi.
Ishlarimni ko'ring !
Taklif yoki fikrlaringizni yozing
Yuz marta o'qigandan ko'ra, bir marta gaplashish yaxshiroqdir. Sizning biznesingizni tahlil qilaylik va siz uchun maxsus taklif tayyorlaylik.
Bizga hozir qo'ng'iroq qiling:
+998773262696